Denomination

Sunni

Description

2020 yil boshida Filadelfiyada yashovchi bir guruh yurtdosh faollardan kengash tuzildi va masjid tashkil qilish harakati boshlandi.
Bu hayrli ishga ko’plab sahovatli yurtdoshlarimiz o’zlarining ehsonlari, maslahatlari va amaliy yordamlari bilan hissa qo’shdilar.
2021 yil 6 may kuni Allohning fazli va marhamati bilan barchamiz uchun tarixiy va quvonchli kun bo’ldi. Shu kuni Filadelfiyada joylashgan 10663 Bustleton Avenuedagi 2 qavatli bank binosi masjid uchun sotib olinib, hujjatlar rasmiylashtirildi.
Masjidga yurtimizdan chiqqan buyuk muhaddis olim Imom Al Buxoriy nomi “Masjid Al Bukhari” berildi. Tez orada ibodat amallarini bajarish uchun bino to’liq ta’mirlanmoqda.

Location
  • No comments yet.
  • Add a review